O`zbekistonda ta`lim tizimini rivojlantirish istiqbolini belgilab beruvchi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uzluksiz ta`lim tizimi oldiga umumiy hamda mutaxassislik madaniyatini yuksak, ijodiy va ijtimoiy jihatdan faol, jamiyat hayotida sodir bo`layotgan voqealarni tahlil eta oladigan, istiqbolli masalalarni hal etish qobiliyatiga ega bo`lgan kadrlarni tayyorlash vazifalarini qo`ydi. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish jarayonida ta`lim samaradorligini oshirish, davlat ta`lim standartlarining bajarilishi sifatini ta`minlash muxim vazifalardan biri hisoblanadi.
Ta`lim tizimi oldida turgan muxim vazifalarni hal etish bevosita o`qituvchi faoliyatiga bog`liqdir. O`qituvchining bosh vazifasi: o`quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko`nikmalarini hosil qilishdan iborat. Ularda tafakkur qirralarini shakllantirish va rivojlantirish eng muhim ta`limiy tarbiyaviy ish bo`lib hisoblanadi.