Mustaqillikka erishgan O`zbekiston dunyoda o`z mavqiga ega bo`lishning yangi ijtimoiy – itqisodiy rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Neft-gaz va yoqilg`i energetikasi O`zbekistonning zamonaviy ishlab chiqarish sanoati yirik og`ir industriya tarmoqlaridan biri bo`lib, vatanimizning muhim energetik bazasidir. O`zbek mutaxassislari neft bo`yicha 100 yildan ortiq, gaz bo`yicha yarim asrlik ilmiy va amaliy bilim tajribalarga egalar. Bu tarmoqda sezilarli darajada ilmiy - texnik potensial yaratilgan va uni rivojlantirishda yuqori yutuqlarga erishilgan. Respublikamiz mustaqil bo`lishi natijasida Respublika oldida muhim vazifalardan biri bo`lgan yoqilg`i energitika ba`zasini yaratish va iqtisodiy mustaqillikka erishish edi.