Evfemizm so`zi yunoncha eu-“yaxshi”, phemi-“gapiryapman” so`zlaridan kelib chiqqan bo`lib, og`zaki yoki yozma nutqda qo`llaniladigan, ma’nosi neytral “vazifasi”ga ko`ra emotsional bo`lgan so`z bo`lib, qo`pol yoki “beodob” so`zlar o`rniga qo`llaniladi. A.A.Reformatskiy “Evfemizmlar –taqiqlangan (tabulashtirilgan) so`zlarning o`rniga qo`llanilishi mumkin bo`lgan so`zlardir” deya ta`rif beradi. “Лингвистический энциклопедический словарь”da esa “Evfemizm-so`zlovchi uchun noo`rin, nohush, qo`pol tuyulgan so`z va ifodalar o`rniga ularga sinonim hisoblangan emotsional neytral so`zlardir” deb ta’riflanadi