Aniq integral tushunchasi

Aniq integral tushunchasi
Daraja:
Oliy ta`lim
Turi:
Referat
Nashr etilgan yili:
2015
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-17 00:28:53
Aniq integral tushunchasiga keltiruvchi yuza haqidagi masala Maktab geometriya kursida kesmalar bilan chegaralangan figuralarning yuzlarini, doira hamda uning bo’lagini yuzini topish o’rganiladi. Shuningdek, egri chiziqlar bilan chegaralangan figuraning yuzini topish ham qisman o’rganiladi. Bu yerda ixtiyoriy yopiq egri chiziq bilan chegaralangan yassi figuraning yuzini topish masalasi bilan jiddiy shug’ullanamiz. Avvaliga xususiy holni, ya`ni figura o x y tekisligiga joylashgan bo’lib, yuqoridan uzluksiz y=f(x) (f(x)≥0) egri chiziq, quyidan o x o’qning [a,b] (a<b) kesmasi va yon tomonlardan x=a, x=b vertikal to’g’ri chiziqlar bilan chegaralangan holni qaraymiz. Bu figurani egri chiziqli trapetsiya deb ataymiz va [a,b] kesmani uning asosi deymiz. Shu egri chiziqli trapetsiyaning yuzini topamiz. [a,b] kesmani a=x0<x1<x2<…<xn-1<xn=b nuqtalar bilan n ta ixtiyoriy [x0 ,x1], [x1 ,x2],… [xn-1 ,xn] kismlarga ajratamiz. Bu nuqtalar orqali o y ga parallel to’g’ri chiziqlar o’tkazib egri chiziqli trapetsiyani n ta kichik trapetsiyasalarga ajratamiz. U holda qaralayotgan egri chiziqli trapetsiyaning yuzi n ta kichik egri chiziqli trapetsiyachalarning yuzlari yig’indisiga teng bo’lishi ravshan.

Дабавлено : 2021-04-17 00:28:53

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш