Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Davlatimiz mustaqilligini qо`lga kiritgan kezlaridayoq “energetik mustaqillikka” erishish uchun bir qancha tizimli izchil chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Hozirgi vaqtda esa respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yangi bosqichlarining vazifa va talablaridan kelib chiqib yoqilg`i energetika resurslari sarflanishini kamaytirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni kiritish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, energetikani muqobil manbalarini rivojlantirish ishlariga katta ahamiyat berilmoqda.