Mavzuning dolzarbligi. Don – oziq-ovqat mahsulotlari ishlab
chiqarishda muhim xom-ashyo hisoblanadi. Don ekinlaridan inson uchun zarur
oziq-ovqat mahsulotlari – un va yorma ishlab chiqariladi.
Don – bu yuqori kaloriyali ozuqa. Uning tarkibida inson organizmi uchun
qimmatli bo’lgan organik moddalar mavjud. Donning asosini oqsil va
uglevodlar tashkil etadi. Xususan, donli ekinlar tarkibida 10–15 %, dukkakli
ekinlar donida28–30 % yuqori sifatli oqsillar mavjud. Bundan tashqari, don va
undan olinadigan mahsulotlar vitaminlar va mineral moddalarning muhim
manbayi hisoblanadi.