Informatikadan laboratoriya ishlarini tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar tadbiqi

Informatikadan laboratoriya ishlarini tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar tadbiqi
Daraja:
Oliy ta`lim
Yo'nalish:
Turi:
Bitiruv malakaviy ishi
Nashr etilgan yili:
2014
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-17 00:10:51
O`qituvchining vazifasi har bir o`quvchini mustahkam bilim hamda ko`nikmalar bilan qurollantirish, mustaqil va erkin fikrlash, bilimlarini amalda tatbiq etishga o`rgatish, ahloqini tarbiyalash, iroda va xulq-atvorini shakllantirishdan iborat. Ana shu vazifalarga asoslanib, yuqorida ko`rsatilgan qonun-qoidalar hamda tavsiyalarni umumlashtirib, o`quv jarayonini takomillashtirishning asosiy yo`nalishlarini ajratib ko`rsatish mumkin. O`qitish jarayonining samaradorligi ko`p jihatdan o`qituvchining o`quvchilar bilan faoliyatini faollashtira olishiga bog`liq. O`quvchilarning dars jarayonidagi faolligi har xil bo`lishi, ammo o`quvchilar past o`zlashtiruvchi bo`lsa, ularni o`qitishga qilingan harakat zoe ketishi ham mumkin. O`quvchilar bilimlarni qay darajada o`zlashtirishi hamma vaqt ularning bilish faoliyati natijasi bo`ladi. Ta’lim jarayoni o`qituvchi bilan o`quvchilar kelishib ishlaydigan tizim bo`lishi kerak, bu tizimda o`qituvchi rahbarlik qiladi, ammo natija o`quvchilarning bilish faoliyatiga bog`liq bo`ladi. Bilimlar doirasidagi axborotlar hajmining jadal o`sishi, ilmiy kashfiyotlarning amalga tez joriy qilinishi, ishlab chiqarishdagi mehnat mazmuni hamda metodlarining doimo o`zgarib turishi o`quvchilarni hamisha o`qishini, o`zining umumiy bilim saviyasini oshirishini, bilim hamda uquvlarini kengaytirish va chuqurlashtirishga intilishini fan o`qituvchisi tomonidan hal etiladi. Ana shu maqsadlarda o`qituvchi o`quv jarayoni davomida o`quvchilarning bilimga qiziqishini rivojlantirishga katta ahamiyat berishi, ularda ta’lim olishga intilish hosil qilishi, fikrlash darajasini rivojlantirishi, har xil masalalarni mustaqil hal qilishga o`rgatishi zarur. Bunday pedagogik jarayonni amalga oshirish uchun pedagog tomonidan turli xil o`qitish usullaridan, samarali darslar tashkil etish tajribalardan, innovatsion texnologiyalardan foydalanishni amalga oshiradilar. O`tkazilgan tajriba sinov natijalari quyidagi xulosalarga kelishimizga imkon berdi:  Umumta’lim maktabi va KHK laridagi informatika ta’limi mazmuni taxlil qilindi. Bunda har bir ta’lim muassasasi uchun ukuvchilarning yosh xususiyatlariga mos nuktai nazardan ta’lim mazmuni loyixalashtirildi va ta’lim jarayoni uzviyligi ta’minlanishi zarurligi tasdiklandi.  Umumiy urta maktablari va KHKda informatika ta’lim mazmuni va jarayoni uzviyligini ta’minlash orkali ta’lim samaradorligini oshirishning asosiy omili ekanligini kursatildi.  Laboratoriya ishlarini olib borishda innovatsion texnologiyalarni qo`llash o`quvchilarni informatika faniga bo`lgan qiziqishlarini uyg`otdi va mustahkamladi.  Laboratoriya mashg`ulotlarini innovatsion texnologiyalarni qo`llagan holda tashkil qilinishi o`quvchilarning tarbiyaviylik, tashkilotchilik harakatlari, jamoa bilan ishlash ko`nikmalari shakllantiradi.

Дабавлено : 2021-04-17 00:10:51

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш