Gudroelastiklikning amaliy masalalarini yechishda doimo nochiziqli deformatsiyalar, nostatsionar o`zaro ta`sir hisobi muammosiga to`qnash kelinadi. Zamonaviy kompyuterlar bunday hisoblarni taqribiy usullar yordamida tadqiq qilish imkonini beradi. Ba’zi masalalar aslida sodda ko`ringan bilan qo`yilgan maqsadga erishishning barcha hisob boshqichlarini bajarish, hisob modeli va algoritmini yaratish, ishni ishlab chiqarish yoki o`quv amaliyotiga tadbiq qilishgacha olib borish ancha muammolar rug`diradi.