Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan innovatsion texnologiyalardan kimyo ta’limida foydalanish darsning samaradorligini oshirishda muxhim vosita ekanligi keyingi ilmiy-metodik tadqiqotlarda ma’lum bo’lmoqda. Buning asosiy sababi innovatsion texnologiyalarni tatbiq etib o’qitishda o’quvchilarning faolligi va darsga bo’lgan qiziqishlari ortadi. Ta’lim jarayonida o’quvchilar to’liq qatnashadilar. Yangi pedagogik texnologiyalar ta’limning tarbiyaviy tomonini amalga oshirishga ham muhim ahamiyat kasb etmokda. Ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi jarayonini har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo’naltirishda kimyo fani katta imkoniyatlarga egadir. Kimyo o’qitishining tarbiyaviy tomonini yoritishda milliy istiqlol g’oyasi asos qilib olinadi. Uni shakllantirishda Respublikamiz kimyoviy tabiiy zaxiralarga nihoyatda boyligi, ulardan maxsulotlar ishlab chikarishlarning rivojlanib borayotganligini kimyo fanlarining tegishli mavzularida bayon etish muhim axamiyat kasb etadi. Kimyoni o’qitishda tarbiyaning hamma turlarini amalga oshirish mumkin.