“GETEROSIKLIK BIRIKMALAR MAVZUSIDA TEOFILLIN HOSILALARINING SINTEZI VA XOSSALARINI О’QITISH”

“GETEROSIKLIK  BIRIKMALAR  MAVZUSIDA  TEOFILLIN  HOSILALARINING  SINTEZI VA XOSSALARINI  О’QITISH”
Daraja:
Oliy ta`lim
Yo'nalish:
Turi:
Magistrlik dissertatsiyasi
Nashr etilgan yili:
2015
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-16 23:22:54
O`zbekiston Respublikasida “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirishga ilmiy -nazariy asos bo`ldi. Bu qonunlarda o`quvchilarni ma’naviy - ahloqiy tarbiyalash, ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etish, o`quv tarbiya jarayoni sifatli o`quv adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash muhim vazifalardan biri etib belgilangan. Shu bois ham kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko`zda tutilgan asosiy vazifalardan biri – shaxsga yo`naltirilgan uzluksiz ta’lim - tarbiya tizimini vujudga keltirish va uni muntazam ravishda rivojlantirib borishdan iboratdir. Talim – jarayoni to`g`ridan - to`g`ri o`quvchi shaxsiga yo`naltirilgandagina uning bilim olish, faol erkin va mustaqil fikrlash kabi ko`plab imkoniyatlari ro`yobga chiqadi. [1] “Ta’lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da uzluksiz ta’lim bo`yicha o`quvchilarni o`quv fanlari bo`yicha muayyan bilimlarni egallashlari barobarida ularning bilim olishga bo`lgan ehtiyoji, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari amaliy tajriba va mehnat ko`nikmalarini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadryatlarga asoslangan ma’naviy axloqiy fazilatlarni, atrof-muhitga ongli munosabatni tarkib toptirishi lozimligi qayd etilgan. O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bajarilishi o`quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o`quv adabiyotlari bilan ta’minlash ularda ta’limning milliy yo`naltirilganligi, ta’lim va tarbiya uzviy bog`liqligining ko`rsatilishi muhim ahamiyatga ega. [2] Prezidentimiz I.A.Karimov ta’limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro`yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatiya texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to`g`risida"gi qarorlari qabul qilindi.

Дабавлено : 2021-04-16 23:22:54

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш