Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta’lim maktab bosqichini va 3 yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichini o’z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta’lim tizimi yaratildi. Bir so’z bilan aytganda, farzandlarimizga umumiy ta’lim bilan birga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo’lish imkonini beradigan 12 yillik ta’lim tizimiga o’tish yakunlanmoqda .
Mazkur huquqiy hujjatlarda birinchidan, yangi ta’lim tizimi, ikkinchidan, yangi avlod kadrlarini tayyorlashda ta’lim sohasidagi o’zgarishlar, yangi kasb sohalarining paydo bo’lganligi va uning O’zbekiston sharoiti, ahamiyatligi bilan bog’liq jihatlari, uchinchidan, bunda har bir viloyat, hudud va mintaqa xususiyatlarini hisobga olish tajribasining afzalliklari, to’rtinchidan, mamlakatimiz oliy ta’lim sohasidagi 71 ta muassasa tayyorlab beradigan yangi avlod kadrlari, ularning umumiy va o’ziga xos jihatlariga e’tibor qaratildi.