“O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLI VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISH ”

 “O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI YER RESURSLI VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISH ”
Daraja:
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi
Turi:
Kurs ishi
Nashr etilgan yili:
2016
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-16 23:22:02
Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng iqtisodiy islohotlar dastlab agrar sektorda boshlandi. CHunki, mamlakat iqtisodiyotining asosiy qismi qishloq xo’jaligi bilan bog’liq. Qishloq xo’jaligi va uning asosi bo’lgan yer boshqa sohalardan farqli o’laroq bir vaqtning o’zida bir necha vazifalarni bajaradi. U insonlar yashashi uchun joy (makon), ish quroli va ishlab chiqarish predmeti, daromad manbai bo’lishi bilan bir qatorda aholini oziq-ovqat va sanoatni xom-ashyo bilan ta’minlaydi va sanoat mahsulotlari uchun bozor vazifasini bajaradi. Ma’lumki, yer qishloq xo’jaligida eng asosiy ishlab chiqarish vositasidir. SHuning uchun ham yer munosabatlarini isloh qilish, yerga bo’lgan mulkchilik masalasini hal qilish o’tkazilayotgan islohotlarning negizini tashkil qiladi. Amaldagi qonunlarga binoan yer davlat mulki hisoblanadi. Yerga davlat mulkchiligini saqlab qolgan holda uni bozor munosabatlariga jalb etish, buning uchun zaruriy iqtisodiy mexanizmlarni yaratish mamlakatimiz agrar tarmog’ida olib borilayotgan islohotlarning muhim o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Hozirgi vaqtda respublikaning 44410,3 ming gektar umumiy yer maydonidan qishloq xo’jalik yerlari 22614,0 ming gektar bo’lib, bu umumiy yer salohiyatining 50,9 foiziga to’g’ri keladi. Ammo intensiv dehqonchilik faqat 4278,0 ming gektar yoki umumiy maydonning 9,6 foiziga teng sug’oriladigan yerlarda olib boriladi, xolos. Bu yerlar har xil tabiiy qishloq xo’jalik hududlarida joylashgan bo’lib, turli meliorativ, ekologik sharoitlar bilan, binobarin, turli unumdorligi va qishloq xo’jaligi ekinlarining har xil darajadagi hosildorligi bilan tavsiflanadi. Bular hammasi davlat tomonidan yerlar holatini va ulardan foydalanishni doimiy kuzatib borish, nazorat yuritish va tahlil qilib borishni talab etadi. Keyingi yillardagi suv taqchilligi hamda qishloq xo’jaligida foydalaniladigan sug’oriladigan yerlarning boshqa toifalarga o’tkazilishi, yangi yerlarni o’zlashtirish imkoniyati yo’qligi, bir kishi boshiga to’g’ri keladigan yerlarning so’nggi o’n yil ichida 0,20 gektardan 0,14 gektargacha kamayib ketganligi mavjud sug’oriladigan yerlardan yildan –yilga samarali hamda oqilona foydalanishni taqozo etmoqda.

Дабавлено : 2021-04-16 23:22:02

Этот категорий

Hozirgi o`zbek nasrida insoniyat taqdiri masalasining badiiy ifodasi (Isajon Sulton ijodi misolida)

Комплекс электронных материалов"информационная безопасность"

Тезкор мурожаат шарти таҳдиди (Race condition)

Защита прав и законных интересов в гражданском праве

«Разработка методики защиты от атак типа DDoS»

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш