MILLIY G`OYANI O`QUVCHILAR ONGIGA SINGDIRISHDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNING AHAMIYATI

MILLIY G`OYANI O`QUVCHILAR ONGIGA SINGDIRISHDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNING AHAMIYATI
Daraja:
Oliy ta`lim
Yo'nalish:
Turi:
Bitiruv malakaviy ishi
Nashr etilgan yili:
2016
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-16 23:17:03
. Millatni millat qilib, nomini dunyoga tanitadigan asosiy omillardan biri – uning ma’naviy boyligidir. Qolaversa, ma’naviyat – insonni inson, millatni millat qiladigan, ularning qiyofasini belgilab beradigan ulkan qudratga ega. Ana shunday qudratli kuchga ega bo`lgan, teran ma’noli tushunchani o`sib-ulg`ayib, kamol topayotgan yosh avlod ongi va shuuriga singdirish va bu orqali Vatan, xalq va millat manfaati yo`lida kamarbastalik bilan xizmat qila oladigan, har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish – bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasi oldida turgan eng ustuvor vazifadir. Har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol inson ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas, butun oila a’zolari, qo`ni-qo`shnilari, mahalla-kuyi, butun mamlakat va xalq farovonligi haqida qayg`uradi, tevarak-atrofini o`rab olgan insonlar unga kerak bo`lgani singari, o`zi ham ularga kerakli kishi bo`lishga intiladi. Odob-axloqi, fe’l atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblaydi, ota-bobolardan yodgor bo`lib qolgan madaniy merosni qadrlaydi, milliy qadriyatlarni e’zozlaydi va ularga sodiq bo`lib qoladi. Unda vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg`ulari barqaror bo`ladi. Ana shunday har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashda ta’lim muassasalarida o`qitilayotgan “Milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining alohida o`rni bor. Mazkur fanning, aniqrog`i, milliy g`oyaning jamiyat taraqqiyotida qanchalar ahamiyatli ekanligini, prezidentimiz I.A. Karimovning quyidagi mulohazalari bilan izohlash o`rinli: “Milliy g`oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab, serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodasi, tugal namunasi hali hanuz yaratilmagan tushunchalarni o`zimizcha tasavvur qilishimiz kerak, deb o`ylayman.

Дабавлено : 2021-04-16 23:17:03

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш