“MILLIY G`OYA TARG`IBOTIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING О`RNI”

“MILLIY G`OYA TARG`IBOTIDA ZAMONAVIY  TEXNOLOGIYALARNING О`RNI”
Daraja:
Oliy ta`lim
Yo'nalish:
Turi:
Bitiruv malakaviy ishi
Nashr etilgan yili:
2016
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-16 23:16:18
Xalqimiz о`zining asriy orzusi bо`lmish milliy mustaqillikni qо`lga kiritdi. Mustaqillik tufayli tobehlik va qaramlikdan ozod bо`lgan davlatimiz ichki va tashqi siyosatda hech kimning aralashuvi, tazyiqi va kо`rsatmalarisiz xalq manfaatlarini kо`zlab ish yuritmoqda. Mustaqillik xalqimizga yurtimizning bebaho yer osti va yer usti boyliklariga chinakamiga egalik qilish huquqini berdi. Uzoq yillar davomida xalqimizning ma’naviyati tutqinlikda ushlandi, qadriyatlari paymol qilindi. Mustabid mavkuraning mahshum siyosati oqibatlari xususida fikr bildirar ekan Prezidentimiz shunday yozadi: “Men shuni aytishim kerakki, bizga zarba bо`lib tushgan eng og`ir tanglik iqtisodiy emas, balki ma’naviy tanglikdir. Asrlar mobaynida qaror topgan ahloqiy-ma’naviy qadriyatlarni g`oyaviy qarashlarga qurbon qilish oqibatlarini bartaraf etish iqtisodiyotni tartibga keltirishdan kо`ra ancha mashaqqatli bо`ladi” . Yurtimiz istiqloligina boy madaniy-ma’naviy merosimizdan, buyuk ajdodlarimiz yaratgan ma’naviyat chashmalaridan bahramand bо`lishimiz uchun keng yо`l ochdi. Mustaqillik xalqimizning ozodlikka, adolatli jamiyat qurishga bо`lgan orzu-umidlarini chinakam rо`yobga chiqishini ifoda etmoqda. “Bizning xalqimiz sabr-bardosh, yaxshilik, osoyishtalik, boshqa xalqlarga nisbatan xayrixohlik ruhida tarbiyalangan. Bu xalq bugun bizdan himoya talab qilyapdi, tinch-totuv hayot, og`ir mehnatiga yarasha turmush sharoitlarini talab qilyapdi. Bu –haqqoniy talabdir” . Prezidentimiz ta’kidlaganidek bugun biz tez surhatlar bilan о`zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan о`ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz.

Дабавлено : 2021-04-16 23:16:18

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш