Ushbu ishning asosiy maqsadi haqqushning tarqalish soni va ko’payish ekologiyasini o’rganib uning foydali qush ekanini aniqlash va Samarqand hududida uning sonini kamayib borayotganligini oldini olish. Zarafshon qo’riqxonasi hududida ularning boshqa qushlar bilan o’zaro munosabati asosiy qonuniyatlarini ishlab chiqish, tabiatning qaysi omillari va qanday biotsenotik aloqalar bu qushlarning barqarorligini ta’minlashini tushuntirish. Tadqiqot Zarafshon qo’riqxonasi hududida olib borildi.Qo’riqxonaning fiziko-geografik joylasdhuvi o’rganildi.