Har bir davlat, birinchi navbatda moddiy ishlab chiqarish sohasiga, milliy va chet el investorlarini kirib kelishi uchun butun kuchini sarflashi lozim. Ushbu maqsadni ko`zlagan holda muayyan investitsion siyosat ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi, tegishli investitsion muhit shakllantiriladi. Mustaqil O’zbekistonda uzluksiz amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, tarmoq va sohalar rivojlanishidagi yutuqlarga erishish, integratsion jarayonlarni rivojlanishi va iqtisodiy o’sishni ta’minlashni nazarda tutadi.