Amaliyotda bitta tasodifiy miqdor ko`p marta kuzatilib, natijalar bir kuzatuv qiymatlarining yig`indisidan iborat bo`lgan hol ko`p uchraydi. Bir o`lchovli va ko`p o`lchovli tasodifiy miqdorlar uchun katta sonlar qonuniga oid teoremalarni isbotlash amaliy ahamiyatga ega, shuning uchun ko`p o`lchovli tasodifiy miqdorlar uchun tengsizliklar yordamida limitik teoremalarni isbotlashga olib keladigan shartlarni bilish juda katta ahamiyatga ega.