Tadqiqot natijasida davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining konstitutsiyaviy-huquqiy javobgarligi masalasi chuqur ilmiy-amaliy tadqiq etgan holda, mazkur sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali qayd etilgan masalalarni tartibga solishda yanada samarali mexanizm yaratilishga erishiladi. Xususan, tadqiqot ishida konstitutsiyaviy-huquqiy javobgarlikni aks ettiruvchi nazariy qarashlar, shuningdek O`zbekiston Respublikasining sohaga doir qonun hujjatlari hamda boshqa qonunosti hujjatlarida belgilangan normalarni takomillashtirish bo`yicha aniq takliflar ishlab chiqiladi.