Konstitutsiya davlatning qiyofasi va nufuzini belgilab beradi. Ana shu qonunlar majmui orqali jahon davlatni davlat, millatni esa millat sifatida tan oladi. Asosiy qonunimiz xalq irodasi va shuurini, ijtimoiy ongi va madaniy darajasini aks ettiradi, zotan, uning tayyorlanishi va muhokamasida butun xalq ishtirok etdi. Konstitutsiya — xalq tafakkuri va ijodining mahsulidir.