Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bugungi hayotimizning ajralmas qismidir. Endilikda ushbu texnologilar kishilik jamiyatining maishiy hayotidan tortib, ta`lim, sog’liqni saqlash xullas jamiyatimizning barcha jabhalarida keng qo’llanilmoqda. Zamonaviy ta`lim tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida uning samaradorligini oshirish borasida Respublikamiz miqyosida ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa oliy ta`lim tizimida Intranet tizimlarini joriy etilishi talaba va professor-o’qituvchilar uchun qulay ma`lumot almashish muhitini yaratadi. Oliy ta`lim tizimi uchun yaratilayotgan Intranet tizimi dasturiy ta`minoti bir nechta talablarga javob berishi lozim.