Metallarni kesish va keraklik shakl va o’lchamdagi detallar ishlash uchun har-xil dastgohlar qo’llanadi. Metall kesish dastgohlari texnologik vazifasiga va ishlatiladigan kesuvchi asbobga, dastgoh ish organlarining fazoda joylashuviga qarab frezalash (gorizontal yoki vertikal), protyajkalash, parmalash, jilvirlash, randalash, tokarlik va boshqa dastgohlarga bo’linadi. Har xil ishlarni bajarishda foydalaniladigan metall kesish dastgohlari turlicha bo’lishiga qaramay, ularning mexanizmlari va harakatlarida ko’pincha o’xshashlik bor. Bu xol dastgohlarda sodir bo’ladigan harakatlarni asosiy harakatga, surish harakatiga va yordamchi harakatga ajratish imkonini beradi