Xrom – oq yaltiroq metall, qattiq, mo’rt. U qaytaruvchi, 2 tadan 6 tagacha elektron beradi. Shuning uchun kimyoviy reaksiyalarda sharoitiga qarab +2, +3 va +6 oksidlanish darajasiga ega bo’ladi. Xrom kislorod bilan xona temperaturasida oksidlanmaydi. Ftor bilan oson reaksiyaga kirishadi. Temperatura ta’sirida oltingugurt, kremniy va brom bilan ta’sirlashadi. Maydalangan holda suvni parchalaydi. 2Cr + 6H2O =2Cr(OH)3 + 3H2O Suyultirilgan HCl da erib va H2SO4 da erib, xrom +3 tuzlariga aylanadi