Badiiy asarda so’z faqat ifoda vositasi bo’lmay, balki u hayot haqiqatini obrazli ko’rsatish, tasvirlanayotgan voqyeani estetik baholash uchun xizmat qiladi. Shu sababli so’z badiiy matnda faqat asarning mazmunini bayon etish hodisasi bo’lmay, ayni paytda ma’lum tasviriy vosita vazifasini bajaradi.