Har bir o`zbekistonlikning buyuk orzusi - ozod va obod Vatanda yashash va munosib turmush kechirish, o`z salohiyatini yuzaga chiqarish, dunyoda savob ishlar qilib o`tish, o`zidan dog` emas, bog` qoldirish, deya olamiz. Bu orzularning barini umumlashtirilib, qisqacha ifodalansa - Buyuk O`zbekiston. Bu orzuga yetishmoq oson emas, lekin mumkin. Buning uchun bir tomondan har bir o`zbekistonlik uni o`z orzusi deb hisoblashi va shunga yarasha fikrlashi, mehnat qilishi lozim. Davlat ham xar bir o`zbekistonlikning orzusiga sherik bo`lishini, uning amalga oshishi uchun shart-sharoit yaratishi, kishining shaxsiy manfaatini hurmat qilishi, hisobga olishi uni mamlakat manfaatiga qarshi qo`ymasdan, unga qurbon qilmasdan balki u bilan uyg`unlashtirishi kerak.