Jahon qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fani jahon qishloq xo`jaligi ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishini, mintaqalar hamda ayrim mamlakatlarda taraqqiy
etishining o`ziga xos xususiyatlarini; qishloq xo`jaligining inson hayotida tutgan o`rni, bu boradagi texnik-iqtisodiy sharoit, bozor munosabatlari, iqtisodiy mexanizm, tabiiy resurslar, mehnat resurslari va moddiy-texnika bazasi, xalqaro iqtisodiy aloqalar va fan-texnika aloqalari, o`simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini jahon miqyosida yetishtirish kabilarni o`rgatadi.