Dehqonchilikning asosiy vazifasi ekinlar hosildorligini oshirish va sifatli mahsulot yetishtirishdir. Yer yuzidagi aholining yil sayin ko’payishi, o’sib borishi bilan foydalaniladigan, sug’oriladigan yerlar maydoni o’smasdan, chegaralangan holda qolmoqda. Aholini oziq-ovqat bilan, sanoatni esa xom-ashyo bilan ta’minlashning faqat bir yo’li mavjud. U ham bo’lsa, qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshirishdir.