Mazkur dissertatsiya ishi bir tarkibli gaplar stilistikasi bilan bog`liq bo`lgan bir qator masalalarni hal etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Ushbu dissertatsiya ishida o`zbek tilidagi egasi topiladigan gaplarni - shaxsi aniq, shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan gaplarni stilistik yo`nalishda tadqiq etish maqsad qilib qo`yilgan.