«English Topics for Nursing Affairs Students (ingliz tilidan tibbiyot institutlarida og’zaki nutqni mustaqil rivojlantirish uchun matn va mashqlar to’plami)» ingliz tilini o’rganuvchi talabalarga mustaqil og’zaki nutq mavzularini egallashga va chet (ingliz) tilidan davlat imtixoniga tayorlanishga yordam beradi.
Ushbu uslubiy qo’llanma turli og’zaki nutq mavzulariga oid matnlarni, vokabulyar-minimum, yangi leksik birliklarni o’zlashtirish va mustahkamlash, mavzular bo’yicha savollar, ijodiy va analitik fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni o’z ichiga olgan. Mazkur qo’llanma O’zbekiston respublikasi va Buyuk Britaniya davlatlariga oid mamlakatshunoslik materiallarini, ijtimoiy va tibbiy yo’nalishdagi axborotlarni qamrab olgan.