Vatanimizda istiqlol e’lon qilinganda atoqli adibimiz Said Ahmad 72 yoshda edi. Keksa bo`lishiga qaramay bu ijodkor hammani lol qoldirib, xuddi yoshlardek yeng shimarib, g`ayrat-shijoat bilan ijodiy hamda ijtimoiy faoliyatini davom ettirdi. Mustaqillik sharofati yozuvchiga chinakam ilhom berdi. Said Ahmadning mustaqillikkacha bo`lgan ijodi namunalari ham tom ma’noda o`zbek adabiyotining nodir gavharlari qatoridan joy olishga ulgurgan edi.