«O`zbek tili o`qitish metodikasi» fani bo`lajak til va adabiyot o`qituvchilarini tayyorlashda alohida o`rin tutadi. U til ta’limining nazariy hamda amaliy jihtlarini o`rgatadi. Ayni paytda u til ta’limining zamonaviy usullari bilan tanishtiradi. Ushbu o’quv qo’llanmada «O`zbek tili o`qitish metodikasi» fanidan amaliy va laboratoriya mashg`ulotlari mazmuni, ularni amalga oshirish usullari yoritib berilgan. Qo’llanma «O`zbek tili o`qitish metodikasi» o`quv fan dasturi va ishchi o`quv fan dasturi asosida ishlab chiqilgan bo`lib, oliy ta’limning bakalavriat bosqichi talabalariga mo’ljallangan.