Yangi XXI - asrda axborot texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga kirib borishi axborotlashgan jamiyatning shakllantirishga zamin yaratib bermoqda. "Internet", "Elektron pochta", "Elektron ta`lim", "Elektron boshqaruv", "Elektron hukumat", "Masofaviy ta`lim", "Ochiq ta`lim", "Axborotlashgan iqtisod" kabi tushunchalar hayotimizga kirib kelishi jamiyatimizning axborotlashishiga intensiv ta`sir ko`rsatmoqda. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari orqali mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga o`tmoqda, ya`ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning roli tobora yuksalmoqda va ular strategik resursga aylandi. Dunyoda yaratilgan axborot va bilimlarning 90 % so`nggi 30 yil mobaynida yaratilgan bo`lib, ular hajmining ko`payib borishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni talab etmoqda.