Qimmatli qog’ozlar bozori bozor iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismlaridan
biri hisoblansa, fond birjasi esa bozor iqtisodiyotining zaruriy bo’g’ini hisoblanadi.
Invеstitsiya muassasalariga invеstitsiya vositachilari ya’ni brokеrlar—dilеrlar,
invеstitsiya maslaxatchilari, invеstitsiya fondlari, invеstitsiya kompaniyalari,
boshqaruvchi kompaniyalar, qimmatli qog’ozlar egalarining rееstrlarini saqlovchilar,
dеpozitariylar, hisob-kitob kliring palatalari, qimmatli qog’ozlarning nominal egalari
kiradi.