Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan yillarda xalqimiz hayotida buyuk o`zgarishlar sodir bo`ldi. Barcha jabhada, jumladan, iqtisodiy, madaniy, ilmiy, adabiyot, sog`liqni saqlash, ayniqsa, ta`lim sohasidagi, hech kimning hayoliga ham kelmagan mislsiz o`zgarishlar, rivojlanishlar yuz berdi. Xalq ta`limi sohasida olib borilayotgan tub islohotlar bugungi kunda o`z samarasini bermoqda.