Bitiruv malakaviy ishida doiraviy plastinkaning simmetrik yuklanishlar ta’sirida deformatsiyalanishini o’rganish maqsad qilib qo’yilgan. Buning uchun quyidagi vazifalar belgilab qo’yildi: plastinkalar nazariyasi uchun o’rinli asosiy munosabatlari bilan tanishish; plastinka egilishlarini ifodalovchi differensial tenglamarni o’rganish; differensial tenglamalarni taqribiy yechish usuli bilan atroflicha tanishish; o’rganilgan usul asosida doiraviy plastinka uchun uchun o’rinli tenglamalarni yechish, natijalarni olishda zamonaviy hisob mashinalaridan foydalanish olingan natijalar asosida grafiklar qurish.