Chiziqlimas massa almashinish masalasida Stefan masalasining sonli echimi ancha muhim sanaladi va o’znavbatida ancha murakkabdir. Biz qarayotgan filtrlash masalasida qattiq zarra bilan aralashma o’rasidagi chegaraning o’zgarishini hosil bo’ladigan chegarani qoyish uchun qullaniladigan sonli usul bu chekli ayrimalar metodidir. Masalani echishning murakkab tomoni shundan iboratki, har vaqt qadamida, yoki, har ko’chish qadamida shablon tanlab borishimiz kerak. Ana shu hususiyat chiziqlimas tekis o’zgaruvchili masalaga nisbatan ancha qiyin bo’ladi.