Ruboiyot (1048—1131). Ulugʻ faylasuf, shoir, munajjim, matematik va tabib boʻlgan Gʻiyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy Eronning Nishopur shahrida tugʻilgan. Aniq fanlar sohasida oʻz davrining yagonasi boʻlgan olim tomonidan tuzilgan taqvim, manbalarning yakdillik bilan guvohlik berishicha, amaldagi Grigorian kalendaridan ham aniqroq boʻlgan. Uning riyoziyot, ilmi nujum va falsafaga oid bir qancha asarlari bizgacha yetib kelgan.