Geodeziya fanining masalalari dolzarb bо`lib, u iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilishda geodeziya, kartografiya va kadastr sohasidagi boshlang`ich masalalarini hal qilish imkoniyatini yoritadi. Geodeziya (II – qism) 2 – kurs talabalari uchun 2 ta semestrda, ya’ni: 3 va 4 – semestrda о`qitiladi. О`qish jarayonidagi amaliy mashg`ulotlar о`tilgan ma`ruza darslarining mazmuniga muvofiq va mustaqil ta`limda olingan bilimlari asosida о`tiladi. Geodeziya fani 5311500 – “Geodeziya, kartografiya va kadastr” yо`nalishi talabalariga о`qitiladigan maxsus fanlardan biri hisoblanadi. Shu sababli talabalarning asosiy maqsadi, “Geodeziya” fanining nazariy va amaliy asoslari, maqsadi va vazifalari hamda geodezik o’lchash usullari bilan tanishishdan iboratdir.