Butun dunyoda iqtisodiy inqiroz davom etayotgan xozirgi sharoitda, innovatsion texnologiyalar va ilm–fanni yanada rivojlantirish, turli darajadagi boshqaruv funksiyalarida faoliyat yuritayotgan yosh iqtidorli kadrlarni personalni boshqarish faoliyatga keng jalb etish, о`z ijodiy va intellektual saloxiyatini rо`yobga chiqarishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Bu masalaga ustuvor ahamiyat bermasdan turib, taraqqiyot haqida sо`z yuritib bо`lmasligini barchamiz yaxshi tushunamiz, albatta. Bugun zamonning о`zi ushbu masalani rivojlanishning muhim yо`nalishlaridan biri sifatida belgilashni taqozo etmoqda.