Respublikamiz mustaqilligidan so`ng, barcha sanoat tarmoqlari qatorida neft va gaz sanoatining ham rivojlanishiga alohida e’tibor berilib, to`liq xom-ashyo bazasini yaratish uchun xarakat qilinmoqda. Mustaqil respublikamizning rivojlanishida hozirgi zamon neft va gaz sanoati qisqa muddatlarda katta muvaffaqiyatlarga erishdi, respublikamizda neft va gaz mahsulotlariga o`z ehtiyojlarini ta’minlash bilan bir qatorda ularni qayta ishlash natijasida turli xildagi xom-ashyo va tayyor mahsulotlar olish, hamda olingan mahsulotlarni chet ellarga sotish amalga oshirilmoqda. Sohada yangi neft va gaz obyektlari ishga tushirilishi bilan jahon andozalari darajasiga javob beruvchi yuqori texnologik quvvatli ishlab chiqarish qurilmalari va zamonaviy texnologik jarayonlardan foydalanila boshlandi