Turg’unlik sabablari XX asrning 70-80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi. Jahonning taraqqiy topgan mamlakatlarida XX asr ikkinchi yarmida sodir bo’lgan ilmiy-texnika inqilobidan samarali foydalanildi. Mashina-fabrika ishlab chiqarishidan avtomatlashtirilgan kompleks ishlab chiqarishga o’tib borildi.