Ma’lumki, insonlar salomatligi jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil hisoblanadi. Inson salomatligini tiklashda, uning ham ma’naviy, ham jismonan sog`lom bo`lishida, shuningdek, uning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazishni ta’minlashda va shaharlarimiz ekologiyasini yaxshilashda bog`-parklarning ahamiyati katta. Bu soha hamma davrlarda ham odamlarning e’tibor markazida bo`lgan.