Ma’lumingizkim, oʻtmishda oʻtgan ustozlarimizning aksari badiiy asarlar yozish bilan birga axloqqa doir risolalar ham bitganlar. Agar ziyraklik bilan kuzatsak, oʻtmish adabiyotimizning asosini odob masalalari band etgan. «Adabiyot» - «odoblar toʻplami» ma’nosini anglatishi ham shundandir. Badiiy asar qaysi tarzda, qaysi yoʻnalishda yozilmasin, odamlarni tarbiya qilishga, ya’ni yaxshilik sari boshlab, yomonlikdan qaytarishga xizmat etishi lozim.