Server qurilmalariga server, server kompyuterlari, server administratori, serverning dasturiy ta’minoti, server shkaflari, Web-server, fayl server, o`yin serverlari, superkompyuterlar kiradi.
Server – tarmoq abonenti bo`lib, u o`z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga berib, lekin o`zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta bo`lishi mumkin, server uchun eng quvvatli kompyuter bo`lishi shart emas. Ajratilgan server-bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi. Ajratilmagan server tarmoqqa xizmat ko`rsatishdan tashqari boshqa masalalarni xam xal qilishi mumkin.