Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirish, mamlakatni modernizasiyalash, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o’sishga erishishdek dolzarb vazifa qo’yilgan. Bu esa o’z navbatida, iqtisodiyotda erishgan yutuqlarning asosi-bozor iqtisodiyoti, mulk shakllarining takomillashuvi, iqtisodiyotdagi keskin tuzilmaviy o’zgarishlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining ortib borishi bilan baholanmoqda.