Milliy mehnat bozorida mehnat resurslarining iqtisodiy faolligini oshirish ko`p jihatdan davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish islohotlari bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida jamiyat bir qator muammolarga yuz tutishi kutilmoqda, bulardan yuqori malakali ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, insonlarni, xususan, iqtisodiy faol aholining ijodiy qobiliyatlaridan maksimal foydalanish, mamlakat rivoji va aholini turmush darajasini oshirish kabi vazifalarga erishish maqsadida milliy iqtisodiyotni kadrlar sifat tarkibini takomillashtirish asosida ish bilan bandlik innovatsion turini shakllantirish masalasiga urg`u berish lozim.