«Iqtisod» so’zi tor ma’noda inson yaratgan barcha ne’matlarni, tabiatdagi barcha boyliklarni, insonning mehnatini tejab-tergab ishlashtish ma’nosini ifodalaydi. Keng ma’noda iqtisodiyot insonning tirikchiligini o’tkazishga qaratilgan xo’jalik faoliyati bo’lib, bu faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, yaratilgan mahsulotlarni iste’mol etish bilan yakunlanadi. Iqtisodiyot inson faoliyatining asosiy jihati, jamiyat hayotining poydevoridir. S