Ushbu uslubiy ko’rsatmada yuqori haroratli qurilmalar - pechlar ishlashining umumiy issiqlik nazariyasi va shuningdek, po’lat eritish, quymalarni qizdirish jarayonlarini hisoblash masalalari bayon etilgan. Sanoatning turli sohalarida qo’llaniladigan eritish, qizdirish va quritish pechlari va ularga tegishli yordamchi jihozlarning tuzilishi va ishlashi ko’rib chiqilgan va amaliy masalalarni yechishga bag’ishlangan.