Aziz o`quvchilar! Siz avvalgi sinflarda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan biri bo`lgan kompyuterdan foydalanish bo`yicha dastlabki ko`nikma va malakalarga ega bo`ldingiz. Shu bilan birga, kompyuter – o`qitish, hisoblash, tasvirlash, tahrirlash, dam olish hamda axborot bilan ishlash vositasi ekanligi haqida ma’lumot oldingiz.