Zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlash bo`yicha to`liq malakaga ega bo`lish har bir yosh avlod uchun zarurdir. Shu sababli, 6-sinfda «Informatika» darsida sizlarga zamonaviy kompyuterlar dasturiy ta’minotidan biri bo`lgan matn bilan ishlash dasturlarining vazifalari va imkoniyatlari haqidagi bilimlar qiziqarli va ko`rgazmali ko`rinishda beriladi.