Diplom loyiha ishini umumiy qismida Namangan shahar Lada avtoservis korxonasini qisqacha tavsifi, diplom loyiha ishi mavzusini asoslash berilgan. Hisob-texnologik qismida yillik ishlab chiqarish dasturi, ish hajmi, ishlab chiqarish ishchilar soni, mintaqa maydonini hisobi hamda texnologik jihozlar tanlash keltirilgan. Tashkiliy qismida avtomobillarni yuvish postida ishlarni tashkil etish, avtomobillarni yuvish posti, avtomobillarni yuvish texnologiyasi bayon etilgan, texnologik xarita tuzilgan hamda yuvish qurilmasini tavsifi va hisobi berilgan. Iqtisodiy qismida yuvish mintaqasini texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari hisoblangan. Mehnat muhofazasi qismida ishchilarni xavfsiz ishlashini ta’minlash ko’zda tutilgan bo’lsa, atrof-muhit muhofazasi qismida mintaqa muhitini himoya qilish berilgan.